Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari (foto)

0

Biz uchun taniqli odamlar ideal va namuna bo'lsa arzirli tuyuladi. Barkamol ko'rinish va yuzning ajoyib xususiyatlari – biz ularni televizorlarimiz ekranlarida shunday ko'rishimiz mumkin. Hattoki mashhur yulduzlar ham kichik kamchiliklardan holi emas. Quyida tashqi qiyofa jihatidan kichik nuqsonlarga ega mashxurlarning bir nechtasi haqida keltirib o'tamiz.

Britni Spirs

Britni Spirs psoriaz kasalligi bilan og'riganligi ma'lum. Bu bemorning stressga duchor bo'lganida yoki kuchli hayajonlangan paytida qizil rangli dog'lar bilan ifodalanadigan terisining holatidir.

Britnining mashhurligini va uning tez-tez jamoatchilikka chiqishini inobatga olib, yulduz ko'pincha bosim va stress holatida bo'ladi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun uning terisi muntazam ravishda yomonlashsa ham ajab emas.

Eshton Kutcher

Xushbichim Eshton Kutcherning ham bitta kamchiliklari bor, ammo bu unga muvaffaqiyatli martaba orttirishga xalaqit bermadi.

Aktyorning oyoqlari ikki barmog'i bir biri bilan bog'langan. Albatta, aktyorning oyoqlari kamdan-kam hollarda kadrga tushadi. Va, ehtimol, agar Eshtonning o'zi televizion dasturlarning birida bu haqda aytmagan bo'lsa, uning tashqi ko'rinishidagi bunday kamchilik hamma uchun sir bo'lib qolishi mumkin edi. Bundan tashqari, aktyor paypog'ini yechib, oyoqlari va barmoqlarini kameralarga yaqindan ko'rsatgan.

Keyt Bosuort

Aktrisa va model Keyt Bosuort kam uchraydigan kasallik – geteroxromiyaga chalingan. Ushbu kasallik ko'zlarning qorachig'i turli xil rangda ekanligi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha, bu holatni mushuklarda kuzatish mumkin. Odamlarda esa bu hodisa juda kam uchraydi. Aktrisaning o'ng ko'zi jigarrang chap tomoni ko'k rangda. Shunisi e'tiborga loyiqki, Keyt gilamchada paydo bo'lganida, jurnalistlar uning ko'z rangini payqab , qiz shunchaki linzalarni adashtirib qo'ygan degan xulosaga kelishgan.

Endi Garsia

Aktyor Endi Garsia o'zining tashqi ko'rinishi va jiddiy qiyofasi  tufayli aktyorlik karerasini qurdi. Uning yelkalari tutashgan siam egizagidan biri bo'lib tug'ilgani haqida ko'pchilik bilmasa ham kerak. Hozir esa aktyor buni faqat yelkasidagi jarrohlik chandig'i orqali esga oladi.

Vanessa Paradi

Bu aktrisa, model va qo'shiqchi Vanessa Paradining ajralib turadigan belgisi bo'lgan tishlar orasidagi ochiq joy edi. Tashqi ko'rinishdagi nuqson, qizga muvaffaqiyatli yulduzlik karerasini qurishga, shuningdek mashhur aktyor Jonni Depp bilan shaxsiy hayotida baxt topishga to'sqinlik qilmadi.

Ritik Roshan

Hind kinosining mahoratli va xushbichim aktyori Ritik Roshanning o'ng qo'lida ortiq barmog'i bor.

Aktyorning o'zi bundan sira ham uyalmaydi. U bu kamchilikni bartaraf etish niyatida ham emas.

Peris Xilton

Albatta, ko'plab muxlislar Peris Xilton fotosuratlarida qandaydir g'alati ko'rinishini tez-tez payqashadi. Gap shundaki, qizning ko'zlari shakli har hil. Perisning chap ko'zi har doim bir oz qisilgan. Ehtimol, Perisda o'tkazilgan ko'plab plastik jarrohlik amaliyotlari tufayli uning chap qovog'i osilib qolgandir.

loading...