QATARNING QIRG'IZISTONDAGI ELChIXONASI HISOBChISI ELChINI KATTA PULGA ChUV TUShIRDI…

0

 

Qirg'izistondagi Qatar elchixonasida shartnoma bo'yicha bosh hisobchi vazifasida ishlab kelgan fuqaro A. ish jarayonida  shaxsan elchining, yana boshqa xodimlarning imzolarini qalbakilashtirib, naqd 17 ming 252 dollar mablag'ni o'zlashtirgan.

Elchixona vakilining sud jarayonida tan olib aytishicha, bu jinoyatdan bank xodimasi orqali xabar topishibdi. Xodima imzolar qalbakilishtirganiga gumon qilib darhol elchixona rahbariyatiga murojaat etgan. Ichki tekshiruvlar natijasida bosh hisobchining aybi oshkor bo'ldi.

Sud hukmiga ko'ra, bosh hisobchi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va yana 70 ming somlik jarimaga tortildi.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here