XOH IShONING, XOH IShONMANG…

0

 

 

ODAM YuRAGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Odamning yuragi bir soatda o'rtacha 4200, bir kecha-kunduzda 100 800, bir yilda 36 mln 792 ming, 64 yil — o'rtacha umri davomida 2, 4 mld marta uradi.

2. Besh daqiqada u 5 litr qonni o'zidan o'tkazadi.

3. Bir soatda inson yuragi 4200 marta uradi va 300 litr qonni o'zidan o'tkazadi.

4. Yurakda doimiy ravishda tanadagi qonning 5 foizi zahirada turadi.

5. Chaqaloqning yuragi ona qornida 4 haftalik bo'lgach, ura boshlaydi va umrining oxiriga qadar to'xtamaydi.

6. Homilaning yuragi bir daqiqada 140 marta uradi. 12 haftalik bo'lganda u bir kecha-kunduzda 12 litr qonni o'zidan o'tkazadigan darajaga yetadi.

7. Yoshi ulug' odamning yuragi 10-15 sm atrofidagi hajmga ega.

8. Ayol yuragi o'rtacha 250-300 gramm, erkak yuragi esa 300-350 gramm vaznga ega.

9. Bizning yuragimiz ham urish davomida nafas rostlaydi, ya'ni, dam oladi. Hayotimiz davomida u yigirma yilcha shu taxlit dam oladi.

10. Yurak xastaligi yer yuzida bo'lib o'tgan jami urushlardagiga nisbatan ikki hissa ko'proq odamni hayotdan olib ketgan.

11. Yurak har qisqarganda, 60 millilitrga yaqin qon otadi. Har daqiqada bu miqdor 420 millilitr, bir soatda 25 litr, bir kecha-kunduzda 600 litr, bir yilda 200 ming litrga teng bo'ladi.

12. Yurak urishi klapanlar har yopilgan mahal yuzaga keladi.

13. Infarkt asosan haftaning yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi xuruj qiladi.

14. Odam asabiylashganda, depressiya holatlarida yurak daqiqasiga 200-250 marta urishi mumkin.

15. Yurak o'z elektr impulslariga ega. Shu sababli u tanadan tashqarida ham ma'lum vaqt urishdan to'xtamaydi.

16. Yurak organizmdagi 80 trilliontaga yaqin to'qimalarni qon bilan ta'minlaydi. Agar organizmda ortiqcha yog' hosil bo'lsa, bu vazifani ado etishi qiyinlashadi. Qon yog' to'qimalari orqali o'tishga majbur bo'ladi. Shu narsa aksar holatlarda jiddiy xastaliklarni keltirib chiqaradi.

17. Odam yuragida 4 ta kamera, suvarak yuragida esa 13 ta kamera bor. Shuning uchun olimlar suvarak yuragi asosida odamlar uchun sun'iy yurak yaratishga kirishgan.

18. Yurak inson organizmida nasos vazifasini bajarishini birinchi bo'lib Qadimiy Gretsiyalik vrach Erazistrat Xiosskiy aytgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...