Shavkat Mirziyoyev: Maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bergani yo'q (video)

0

O'zbekistonliklar karantin normalariga rioya etgan holda yashashni va ishlashni o'rganishi kerak, bu faqat foydaga xizmat qiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida aytib o'tdi.

«Yana bir marta qaytaraman — karantin davrida yashash va ishlashga o'rganishimiz kerak. Karantin normalariga rioya etish kerak, maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bergani yo'q. Jamoat transporti faoliyatiga ruxsat bermayapmiz. Hali xavf-xatar juda katta», — dedi davlat rahbari.

«Davlat choralarni ko'rmasa, natija bo'lmaydi — mana shuni hamma bilishi kerak. Karantin normalariga rioya etib, iqtisodiyotni tiklash kerak degan vazifa qo'yilyapti. Bu sharoitda yashashni ham, ishlashni ham o'rganishimiz kerak. Bu faqat bizga foyda bo'ladi», — deya qo'shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Daryo.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here