Xitoy AQShni osmondan yerga tushirib qo'ymoqchi

0

XXR Amerikadan mamlakat ichki ishlariga burnini suqmaslikni talab qilib chiqdi. Ko'rinishidan, G'arbning to'xtovsiz tanqidlari va ayblovlari Chin o'lkasining temir asablarini buzgan. Amerikaliklarning Tayvanga alohida e'tibor qaratishi bu borada avj nuqtaga aylandi, deyishmoqda ekspertlar ham.

Gap shundaki, AQSh davlat kotibi Tayvan prezidenti Say In-venga inauguratsiyasi munosabati bilan tabrik maktubi yo'lladi. Bu esa XXR rahbariyatiga umuman yoqmagani aniq. O'ziga tegishli “ogorod“ga o'zi qo'ygan qorovulni boshqalar ko'tar-ko'tar qilsa, kimga ham yoqadi deysiz. Aynan shuning uchun rasmiy Pekin Amerika diplomatiyasining ushbu qadamini “o'ta noto'g'ri va hatto xavfli“ deb atadi.

Zero, rasmiy Pekin Tayvanni o'zining hududi deb biladi va Qo'shma Shtatlarning oroldagi ayirmachi rejim uchun xavfsizlik kafolati bo'lishga qaratilgan har qanday urinishini rad etib keladi.

Shuning uchun ham “AQShning qadami Xitoyning ichki ishlariga aralashish hisoblanadi va Tayvan bo'g'ozidagi tinchlik hamda barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi“, — deyiladi Xitoy TIV bayonotida.

Buni qarangki, Pompeo o'z xatida Say In-venni diplomatik tomondan ko'klarga ko'tarib, uni “Tayvandagi shiddatli demokratiyaga rahbarlik qilishdagi mardligi va uzoqni ko'ra bilishi bilan“ tabriklagan.

Xitoy esa mana shunday “beozor otkritka“ga javob berish uchun hatto mudofaa vazirligini oyoqqa turg'azdi. Ushbu vazirlik Xitoy xalq ozodligi armiyasi “tashqi aralashuvning istalgan shakli va ayirmachi kuchlarning til biriktirishiga qarshi kurashishda iroda, ishonch va layoqat“ga ega ekanligini ma'lum qilib, shu bo'yicha kimlarnidir jiddiy ogohlantirgandek bo'ldi.

Bir so'z bilan aytganda, rasmiy Pekin Tayvan orolini Amerikaga bermoqchi emas va bu yo'lda eng favqulodda choralarni ham ko'rishga tayyor ekanligini yana bir bor ko'rsatib qo'ygandek.

Buni XXR mudofaa vazirligining mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat'iy himoya qilish uchun barcha narsaga tayyor ekanligini qat'iy ta'kidlagani ham isbotlaydi.

Qisqacha ma'lumot: Tayvan Xitoy provinsiyasi bo'lsa-da, uni 1949 yildan buyon o'z adminstratsiyasi boshqarib keladi. Biroq XXRning rasmiy pozitsiyasiga ko'ra, u Xitoy hududidir. Ushbu yondashuvni dunyodagi ko'plab davlatlar qatori Rossiya ham qo'llab-quvvatlab keladi. Bugungi kunda Pekin tomonidan tinch yo'l bilan birlashish maqsadida taklif etib kelayotgan “bir davlat – ikkita tizim“ siyosiy tartibga solish modelini esa Taybey rad etib kelmoqda.

Platforma.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here