Karantin vaqtida iftorlik tashkillashtirilgan Toshkentdagi restoran yopildi

0

Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar Kavurma turk restorani karantin vaqtida yashirin tarzda faoliyatni davom ettirgani aniqlandi.

20 may kuni IIB hamda SENB xodimlari tomonidan tekshiruv o'tkazilgan.

Tekshiruv tadbirlari vaqtida restoranda iftorga yig'ilganlar taxminan 30 kishi, jumladan 13 nafar o'zbekistonlik va 17 nafari xorij fuqarolari bo'lgani aniqlangan.

Shuningdek, alohida xonada namoz o'qish va boshqa diniy marosimlarni o'tkazish uchun sharoitlar tayyorlangan.

Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan SENB xodimlari tomonidan kafe ma'muriyatini jinoiy javobgarlikka (20 dan 30 gacha BRV) tortish bo'yicha tegishli bayonnoma tuzildi. Restoran esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qo'yildi.

10 may kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan Qanotchi restorani ham 1 kun faoliyat ko'rsatgan edi.

Avvaliga restoran ma'muriyati Facebook sahifasida mijozlarni qabul qilishni boshlagani haqida xabar berdi. Ertasi kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati restoran ochilishining eksperiment bo'lgani va hozirda eksperiment yakuniga yetgani uchun yopilganini ma'lum qildi.

Keyinchalik Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi Qanotchi qahvaxonasining o'z boshimchalik bilan faoliyat yuritganini aniqladi. Inspeksiya qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxo'ja Erkinovichga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasida ko'rsatilgan huquqbuzarlik bo'yicha to'plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun Yakkasaroy tuman Ma'muriy sudiga kiritilayotganini xabar qildi.

Sof.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here