O'zbekiston Qirg'izistonga ikkinchi marta insonparvarlik yordami yubordi

0

20 may kuni O'sh shahrida Qirg'izistonda koronavirus bilan kurashish uchun O'zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo'ldi. Bu haqda Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

Yordamning umumiy hajmi 248 ming dollarni tashkil etadi. Uning tarkibida 440 dona tibbiy krovat, 1000 ta elektron pirometr, 2500 dona himoya kombenzonlari, 150 mingta tibbiy qo'lqoplar hamda 150 mingta tibbiyot niqoblari bo'lgan.

O'zbekistondan Qirg'izistonga birinchi insonparvarlik yordami aprel oyi boshida yetkazilgan edi. O'shanda yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar yetkazilgan edi.

Hozirda Qirg'izistonda 1313 ta koronavirus holati qayd etilgan. 14 nafar bemor vafot etgan. 929 kishi sog'ayib ketgan.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here