O'ZBEKISTONLIK OLIM KORONAVIRUSGA QARShI USKUNA YaRATDI…

0

 

O'zbekistonlik olim Olimjon Yusupov koronavirusga qarshi uskuna va Orol dengizini to'ldirishga mo'ljallangan yomg'ir chaqiruvchi maxsus texnologiya yaratdi.

Olimjon yaratgan uskuna yopiq xonalarni dezinfeksiya qilishga yo'naltirilgan. Ammo bu oddiy dezinfekitsiya uskunasi emas. U xonadagi havoni zararsizlantiradi, bakteriyalarni o'ldiradi. Bundan tashqari, xuddi shu ixtiro mahsuli nafas yo'llari hamda o'pkani ham virus, bakteriyalardan tozalaydi. Buning asosi bo'lib molekulalar xizmat qiladi. Aynan ular xonani, telefon va boshqa uskunalarni, nafas yo'llarimiz, o'pkamizni ma'lum masofadan turib virusdan xalos etadi. Eng asosiysi, uskunaga bu ishni bajarish uchun ko'p vaqt kerak bo'lmaydi. Masalan, 30 kvadrat metr hajmga ega xonani bakteriyalar, viruslar, yuqumli xastaliklar xavfidan tozalash uchun 15 daqiqa kifoya qiladi.

Yaqin kunlarda uskuna ulgurji miqdorda ishlab chiqara boshlanadi. Xudo xohlasa, shu uskuna sharofati bilan koronavirus va shu kabi parazitlar o'lim topadi.

Olimjon esa ayni paytda yana bir yangi texnologiya ustida ish olib bormoqda. U yaratgan texnologiya osmonda sun'iy bulutlar hosil qilib, yomg'ir chaqirishga ixtisoslashgan. Olimjonning aytishicha, shu texnologiya yordamida yurtimizdagi Orol dengizini suv bilan to'ldirishga bel bog'labdi. Loyiha O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tarafidan ma'qullandi.

Ofarin!!!

 

loading...