Yurak xurujidan darak beruvchi asosiy alomatlar

0

Germaniyalik kardiolog Ulf Landmesser yurak xuruji yaqinlashayotganini bilish mumkin bo'lgan uchta asosiy alomatni ma'lum qildi, deb yozmoqda kun.uz.

Professorning ta'kidlashicha, Germaniyada 40 foiz o'lim yurak-tomir kasalliklari bilan bog'langan. Bu kasalliklarda 300 mingga yaqin germaniyalik aziyat chekadi, 50 mingga yaqini vafot etadi.

“Agar yurak xurujini vaqtida aniqlasangiz, yashab ketishga o'z imkoniyatlaringizni oshirishingiz mumkin. Chunki infarktdan keyingi ilk onlar eng og'ir hisoblanadi”, deb aytan kardiolog.

Uning ta'kidlashicha, agar inson o'z ko'kragida go'yoki fil o'tirib olgandek kuchli siqishni his qilsa, unda zudlik bilan tez yordam chaqirtirish lozim.

Shuningdek, chap qo'l va bo'yinda og'riqlar xavotirli hisoblanadi. Ba'zida yurak xuruji oldidan oshqozon qattiq og'rishi mumkin.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, agar sanab o'tilgan alomatlarga nafas siqishi va xavotirga tushish qo'shilsa, ayniqsa, ogoh bo'lish lozim.

Kardiolog bunday holatlarda “qonni suyultirib berishi” tufayli ba'zida aspirin yordam berishi mumkinligini qo'shimcha qilgan.

loading...