KORONAVIRUSGA QARShI VAKSINA QAChON TAYYoR BO'LADI?..

0

 

O'zbekistondagi koronavirusga qarshi tezkor shtab a'zosi Sevara Ubaydullayeva brifing jarayonida koronavirusga qarshi vaksina qachon amaliyotga kiritilishi masalasidagi savollarga javob berdi.

— Olimlarning aytishicha, — dedi u. — Vaksinani keng ko'lamda ishlab chiqarishni boshlash uchun ikki oydan bir yilgacha vaqt kerak bo'larkan. Bizga xabar berishdiki, shu haftada Rossiyada yaratilgan yangi vaksina epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi xodimlarida sinab ko'rilibdi. Hozircha xunuk xabar aytilganicha yo'q. Ammo bu shunchaki tor doiradagi eksperiment hisoblanadi.

Ilgari milliarder Alisher Usmonov ham agar bizning respublika uchun koronavirusga qarshi vaksina yaratilsa, darhol hammasini sotib olishi haqida O'zbekiston prezidentiga va'da bergandi.

 

loading...