Amerikalik olimlar quyosh nuri qaysi paytda koronavirusni o'ldirishini aniqladi

0
epa08446239 Medical workers disinfect a vial containing a swab sample of a reporter while conducting tests for coronavirus and COVID-19, ahead of the closing session of the Chinese People's Political Consultative Conference (CPPCC), in front of the Diaoyutai Hotel, in Beijing, China, 27 May 2020. The NPC runs alongside the annual plenary meetings of the Chinese People's Political Consultative Conference (CPPCC), together known as 'Lianghui' or 'Two Meetings'. This year the two major political meetings initially planned to be held in March were postponed amid the ongoing coronavirus COVID-19 pandemic. EPA/ROMAN PILIPEY

Quyosh nuri D vitaminining tabiiy manbasi bo'lib, u sog'liq uchun ko'plab foydali xususiyatlari bilan bir qatorda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi.

AQShning Biologik himoyaga qarshi kurash va tahlil milliy markaz olimlari quyosh nuri SARS-CoV-2 virusini yo'q qilishi mumkinligini, ammo u quyosh nurlari ta'sir qilish davomiyligi, kengligi va kunning qaysi vaqtida ta'sir ko'rsatishiga bog'liqligini aniqladi. Bu haqda ZMEScience ma'lum qildi.

Tajriba davomida tadqiqotchilar virus namunalarini tabiiy yorug'likni beradigan lampalar ostidagi po'lat plastinkalarga qo'ygan. Tajriba natijasida 40 daraja shimoliy kenglikdagi tush paytini eslatuvchi sharoitda virusning 90 foizi so'lak tarkibida 6-8 daqiqadan so'ng, hujayradan tashqaridagi muhitda esa 14,3 daqiqa o'tib o'z faolligini yo'qotishi aniqlandi.

Bu jarayon yorug'lik intensivligi kamroq bo'lganda ham kuzatiladi, faqat sekinroq amalga oshadi.

Qayd etilishicha, 40 daraja shimoliy kenglikda Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, O'rta Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya va AQShning janubiy shtatlari to'g'ri keladi.

Daryo.uz

loading...