Aroqxo'rning qilmishi bir inson umriga zomin bo'ldi

0

Asli Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Xojibek qishlog'ilik bo'lgan X. T. vaqtincha Bektemir tumani, Somonbozor ko'chasidagi uyda ijarada yashab kelgan. Shu yilning 25 may kuni X. T. mast holda uyga qaytib, janjal ko'targan va jaxl ustida shu uyda ijarada yashagan Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Charigil qishlog'ilik Sh. Q.ning bo'yin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazadiyu, voqea joyidan qochib qoladi.

Natijada jabrlanuvchi ayol kasalxonaga yotqizilgan va ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Ko'rilgan choralar natijasida X. T. ushlangan. Tergov davom etmoqda.

IIV Axborot xizmati

loading...