BO'KA TUMAN HOKIM O'RINBOSARI JARIMAGA TORTILDI. NEGA?..

0

 

Yaqinda Toshkent viloyati Bo'ka tuman hokim o'rinbosari Anvar Xonto'rayev pedagoglarni majburiy tarzda jamoat ishlariga jalb qilgani, maktablardan biri direktorini barchaning ko'z o'ngida kamsitgani uchun 22, 3 million so'm miqdordagi jarimaga tortildi.

Xonto'rayevning ishi yuzasidan respublika xalq ta'limi vazirligi va Davlat mehnat inspeksiyasi mutaxassislari tekshiruv ishlarini olib bordi. Ma'lum bo'ldiki, hokim o'rinbosari asossiz ravishda pedagoglarni ularning kasbi bilan umuman bog'liq bo'lmagan ishlarga majburan jalb etgan.

Shu yil 19 aprel kuni №12 o'rta maktabda Anvar Xonto'rayev 53 nafar maktab direktorlari va mahallalar faollari ishtirokida majlis o'tkazgan. Majlisda maktablardan birining direktori M. Hakimovni aytilgan topshiriqlar o'z vaqtida bajarilmagani uchun barchaning ko'z o'ngida tanqid ostiga olgan, haqoratlagan. Bundan tashqari, tuman hokimi nomiga tushuntirish xati va ishdan bo'shashi haqida ariza yozdirib olgan.

6-7 may kunlari u №15, 16, 18, 25, 50- maktablar direktorlariga bosim o'tkazib, shu maktablarda ishlovchi jami 25 nafar pedagogni qishloq xo'jalik ishlariga majburan jalb etgan.

Pedagoglar yuqori lavozimli shaxslar tarafidan kasbiga taalluqli bo'lmagan ishlarga jalb etilsa, quyidagi telefon raqamlarga qo'ng'iroq qilishlari so'raladi:

Respublika Bosh prokuraturasi — 1007.

Bandlik va mehnatga munosabatlar vazirligi — 71-200-11-76.

 

loading...