FARG'ONADA BIR GURUH TERRORChILAR QO'LGA OLINDI…

0

 

Shu yil may oyida Farg'ona viloyatida bir guruh terrorchilar qo'lga olindi. Ular dunyoda faoliyati taqiqlangan «Hizb Ut-Tahrir» jangari kallakesarlar guruhi a'zolari ekan. Qarangki, terrorchilar shu noqonuniy faoliyati uchun ilgari ham qamalib, jazo muddatini o'tagan. Lekin ko'rsatilgan mehr-oqibat, saxovat va odamgarchilikni tushunmagan jangarilar yana aholi orasida ekstremistik targ'ibot-tashviqot bilan shug'ullanib, o'z guruhini yangi a'zolar bilan to'ldirish harakatida bo'lgan. Tintuv paytida jangarilar yashab turgan uylardan ekstremistik g'oyalar mujassam bo'lgan, qonun yo'li bilan taqiqlangan adabiyotlar topildi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari vakillari Farg'ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari bo'ylab qidiruv amalini boshlashgan. Shuning yordamida qo'lga olingan jangarilarning hamtovoqlarini topishga umid bog'lashgan.

 

loading...