MIB xodimlari Adiblar xiyobonida: Ma'rifat maskani o'zlikni anglashga yo'l ochadi  

0

Bugun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparati hamda Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.

Bu maskan har bir tashrif buyurgan inson qalbida – o'zbek adabiyotiga bo'lgan hurmat, e'tibor, ehtirom va insonparvarlik hamda sadoqat tuyg'ularini uyg'otadi.

Xiyobonda qad rostlagan buyuk bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yishdi.

Byuro xodimlari adiblar xiyobonida buyuk adiblar – Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho'lpon, Qodiriy va boshqa namoyandalar xotirasiga bag'ishlangan yodgorliklar bilan ham yaqindan tanishishdi.

– Bugungi madaniy hordig'imiz davomida ulkan taassurotlarga ega bo'ldik. Bu bizning ushbu xiyobonga birinchi tashrifimiz bo'lsa-da, lekin oxirigisi emas, endilikda bu maskanga oila a'zolarimiz hamda farzandlarimiz bilan ham kelishni niyat qilganmiz. Bu kabi ma'rifat maskanlariga yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarning tashrif buyurib turishi, o'zbek adabiyotini yanada ulug'lashga xizmat qiladi, deydi MIB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi boshlig'i F.Toshpo'latov tashrif taassurotlari bilan o'rtoqlashar ekan.

Albatta, buyuk adiblarimizning boy merosi va qadriyatlari xalqimizning ma'naviyatli bo'lishga, ayniqsa, hozirgi karatinli sinovli vaziyatda xalqimiz bilan qalban bir bo'lib, har qanday mashaqqatlarni matonat va hamjihatlik ila yengishimizda, adiblarimiz hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lgan qadriyatlar muhim omil bo'ladi

 

 

 

 

 

 

 

 

loading...