Qozog'iston Respublikasi sport qo'mitasi raisining sobiq va amaldagi o'rinbosari hibsga olindi

0

«Kazinform» axborot agentligining ma'lum qilishicha, Sharqiy-Qozog'iston viloyati bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan mansabdor shaxslarning juda ko'p miqdorda davlat mablag'larini noqonuniy o'zlashtirganligi bo'yicha tergov ishlari boshlangan.

“Mazkur jinoiy ish Qozog'iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining sobiq va amaldagi o'rinbosarlariga nisbatan ochildi”, dedi mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash agentligining o'ta muhim ishlar bo'yicha tergovchisi Doniyor Bigaydarov onlayn-brifingda.

Tergovchining ta'kidlashicha, ushbu shaxslar Ridder shahrida respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari kolleji binosini qurish jarayonida jami 380,8 million tenge miqdorida buyudjet mablag'larini noqonuniy o'zlashtirgan. Mablag'lar buyurtmachilar hisobiga amalda qilinmagan ishlar uchun pul o'tkazib berish yo'li bilan o'g'irlangan.

Tergovchi o'tgan hafta boshqa yana bir qator jinoiy ishlar ochilgani haqda ham gapirib berdi. Jumladan, Davlat milliy kinoni qo'llab-quvvatlash markazi boshqaruvi raisi katta miqdorda pora olganlikda gumon qilinmoqda, dedi u.

Chimkent shahri bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan Chimkent shahri davlat mulklari va xususiylashtirish deportamenti rahbari ustidan ham tergov ishlari boshlangan. U 2019 yil iyun oyida buyurtmachilar va boshqa bir guruh shaxslar bilan deportament binosini joriy ta'mirlash davomida amalda bajarilmagan ishlar uchun 7 million tenge o'tkazib berganlikda gumonlanmoqda.

Onlayn-brifingda shuningdek, Turkiston, Aktyubinsk viloyati hamda Taraz va Chimkent shaharlarida ham bir qator mansabdor shaxslarga nisbatan davlat mablag'larini noqonuniy o'zlashtirish bilan bog'liq jinoiy ishlar ochilgani ta'kidlandi.

UzA.uz

loading...