Rossiya: o'zbekistonlik talabalar koronavirusga chalinganini yashirgan

0

Peterburg davlat temir yo'llari universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishgani haqidagi ma'lumotni sir tutishgan.

«Ko'rsatilgan talablar va tavsiyalarga rioya qilmaslik natijasida 7a yotoqxonasida yashovchi O'zbekiston Respublikasidan bo'lgan bir qator aspirantlar va talabalar kasallikni yuqtirib olishgan. Koronavirusga testni mustaqil ravishda topshirib, ular universitet ma'muriyati, yotoqxona rahbarini testning ijobiy natijalari to'g'risida xabardor qilmagan, natijada yotoqxonada yashovchi boshqa talabalardan keyin, oxirgi bo'lib izolyatsiyaga joylashtirilgan», – deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, ma'muriyatning talabalar turar joyida yashash tartibiga rioya qilish talablariga qaramay, talabalar o'z-o'zini izolyatsiya qilish sharoitida uni bir necha bor buzishdi.

Natijada, o'zbekistonlik qator talabalar tomonidan sanitariya-epidemiologiya talablarini qo'pol ravishda buzish boshqa talabalar va universitet xodimlariga xavf tug'dirgan, bu holat universitetning tezkor shtab yig'ilishida ko'rib chiqildi.

«Tezkor shtab, fakultetlar va xalqaro aloqalar bo'limi rahbariyati qarori bilan universitet rektoriga talabalarni yotoqxonada yashash qoidalarini, universitetning mahalliy aktlarini buzganligi uchun o'qishdan chetlatish masalasini ko'rib chiqish to'g'risida iltimosnoma yuborildi», – deyiladi OTM xabarida.

Azon.uz

loading...