Ruhiy kasalxonadan qochgan bemor ayol ushlandi

0

Joriy yilning 27 may kuni taxminan tongi soat 04:10 da Qoraqalpog'iston Respublikasi Aqmang'it blok postida xizmat vazifasini o'tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari A.Rauajov va F.Xalbayev maqsadsiz yurgan ayolni to'xtatib, bunday vaqtda nima sababdan yurganligi so'ralganda, ayolning o'zini tutishidan ruhan sog'lomligiga shubha qilinadi. Zudlik bilan profilaktika inspektori chaqirilib, vaziyatga oydinlik kiritiladi.

Ayol 1982 yilda tug'ilgan U.A. ekanligi va ko'p yillardan beri davolanib kelayotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochganligi aniqlangan. Ayol kasalxonaga olib borib joylashtirilgan.

Milliy gvardiya axborot xizmati

loading...