SO'RAGAN EDINGIZ…

0

 

— Xonada kasallik yuqtirgan odam bo'lsa, u yerda koronavirus qancha vaqt yashaydi?

— Xona haroratida koronavirus 3 kun davomida turli jismlarning yuzasi va sirtki qismida yashab qolishga qodir.

— Koronavirus yuqtirgan bemorlar uchun ovqatlanish tartibi bo'yicha tavsiyalar mavjudmi?

— Kasallikning kechishini yengilashtiradigan yoki infeksiyaning oldini oladigan maxsus mahsulotlar mavjud emas.

Ammo sog'lom ovqatlanish yaxshi immunitet uchun zarur kafolatdir, bu har qanday kasallikning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

Ratsion muvozanatli bo'lishi kerak, yetarli miqdordagi protein bilan: bu yog'lilik darajasi o'rtacha sut mahsulotlari, parranda go'shti, yog'li baliq bo'lishi mumkin. Meva va rezavorlar ratsionga qo'shilishi shart.

 

loading...