O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarga yetdi

0

2020 yil 28 may soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 (+27) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 714 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 1 nafari o'ta og'ir ahvolda, 3 nafari esa og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...