XOH IShONING, XOH IShONMANG…

    0

     

    JONIVORLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

    1. Fil suyagi 9 kilogrammgacha  vaznga ega.

    2. Chumoli hech qachon uxlamaydi. Faqat qirolicha chumoligina bir kunda o'rtacha 90 daqiqa dam oladi. Shunda ham ko'z yummasdan.

    3. Dunyoda hurishni bilmaydigan itlar ham bor. U «Bassenji» zotiga mansub it.

    4. Yirik kalmarning ko'zi kattaligi basketbol to'pi hajmiga teng.

    5. Begemot tug'ilajak bolasini yerga yiqilib jarohat olishdan asrash niyatida uni suv ostida dunyoga keltiradi.

    6. Oqqushning tanasida o'rtacha 25000 ta pat mavjud.

    7. Ilon dunyoni ko'z emas, qovoqlari orqali ko'radi.

    8. Agar kalamushni qitiqlasangiz, xuddi odam kabi qotib-qotib kuladi.

    9. Qunduz bir kechada 300 metr uzunlikdagi yerosti yo'lini kovlab bitira oladi.

    10. Dengiz mushuklari suv ostida nafas olmasdan 2 soatgacha tura oladi.

    11. Qarg'a ham aqlli, ham hazilkash. U itning orqa tomonidan bildirmaygina kelib dumidan tishlab qochadi.

    12. Jiraf tovush to'qimalariga ega emas. Shu sababli ovoz chiqara olmaydi.

    13. Bukri kit turining tovushi eng baland hisoblanadi. Uning tovushini 20 kilometr uzoqlikdan ham bemalol eshitsa bo'ladi.

    14. Ot juda mustahkam xotiraga ega. U bir marta ko'rgan odamni, yo'lni, buyumni va manzilni bir umrga eslab qoladi.

    15. Koalaning barmoq izlari xuddi odamnikiga o'xshaydi.

    16. Timsoh tilini chiqara bilmaydi.

    17. Oq ayiq chapaqay bo'ladi.

    18. Oltin baliqchaning xotirasi har qanday voqea-hodisani uch soniyagina o'zida saqlab turadi xolos.

    19. Meduza o'lim topgandan keyin ham tishlab olish imkoniyatiga ega.

    20. Go'ng qo'ng'izi o'z vaznidan 50 hissa ko'proq yukni ko'tara oladi.

    21. Dengiz otlari bir-birining dumiga dumini bog'lagan holda suzadi.

    22. Tuyaqushning ko'zlari yuragidan ham kattaroq.

    23. Kapalak yemishni oyoqlari yordamida tatib ko'radi.

    24. Burgut soatiga 250 km tezlikda uchadi.

    25. «O'qotar qurbaqa» zaharining bir tomchisi 2200 kishini baravar o'limga mahkum etadi.

    26. Sher to ikki yoshga yetmaguncha irillay olmaydi.

    27. Pingvinning erkagi urg'ochini sevib qolsa, qo'lini so'rash uchun unga tosh hadya etadi. Agar urg'ochi turmushga chiqishga rozilik bildirsa, toshni o'z iniga berkitib qo'yadi.

    28. Tovus xo'rozning eng yaqin qarindoshi hisoblanadi.

    29. Yangi tug'ilgan fil bolasining vazni 100 kilogramm atrofida bo'ladi.

    30. Moviy kitning vazni uchta fil vazniga teng.

    31. Ninachi ham oldinga, ham orqaga, ham ikki yonga birdek ucha oladi. U parvoz qilganda, tezligi soatiga 100 km gacha yetadi.

    32. «Tarantul» o'rgimchagi ikki yilgacha yemishsiz yashay oladi.

    33. Sahroi Kabirdagi «kumush chumolilar» +158 daraja issiqda ham yashab qoladi.

    34. Yaponiyadagi makaki maymunlari savdo avtomatlaridan bemalol narsa xarid qila oladi.

    35. Sichqonning suyaklari odamnikidan ko'p. Ularda 230 ta suyak bo'lsa, odamda 206 ta suyak mavjud.

    Olimjon HAYIT tayyorladi

    loading...