“Yashil” hududlar o'rtasida ichki turizmga ruxsat beriladi

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Prezidentimiz birinchi bosqichda “yashil” hududlar o'rtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini ta'kidladi. Tog'li joylar va ko'l bo'ylarida yengil konstruksiyali dam olish maskanlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatma berildi. Hokimlar bilan birgalikda ko'chma dam olish maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylashtiriladi.

loading...