AQShDA QORA TANLI FUQARONING O'LIMI TARTIBSIZLIKLARGA SABAB BO'LDI…

0

 

Kuni kecha Amerikaning Minnesota shtatida milliy gvardiyachilar va qora tanli fuqarolar o'rtasida to'qnashuvlar yuzaga keldi. Fuqarolar koronavirus bilan bog'liq cheklovlarga qarshi norozilik aksiyasini tashkil etishgandi. Aksiya jarayonida politsiyachilar afroamerikalik Jorj Floydni qo'lga olib, yerga ag'anatgan. So'ngra qo'llariga kishan solgan. Shu jarayonda politsiyachilardan biri tizzasi bilan fuqaroning tomog'ini qisib olgan. Jorj nafasi qaytish oqibatida hushidan ketgan va kasalxona jonlantirish bo'limida jon bergan. Tartibsizliklarni bostirish uchun shtat gubernatori Tim Uolz milliy gvardiya otryadini jalb etgan.

 

loading...