Denovdagi Amir Temur haykalini qayta ko'rib chiqish bo'yicha topshiriq berildi

0

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'layotgan Denov shahridagi Amir Temur haykaliga oid masalani Denov shahar hokimi, arxitektura va qurilish boshqarmasi rahbari bilan o'rgandi.

Ta'kidlanishicha, fuqarolarning asosli va o'rinli takliflarini inobatga olgan holda ushbu haykalni qayta ko'rib chiqish bo'yicha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatmalar berildi.

«Buyuk Sohibqiron siymosini gavdalantirishda barcha jihatlarga ahamiyat qaratib, kichik bir detallarni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Chunki bobomiz Amir Temur shaxsini nafaqat biz, balki butun dunyo ahli yaxshi biladi va ardoqlaydi. Shunday ekan uning siymosini yaratishda xato qilishga haqqimiz yo'q», – deydi Sayfullayev.

Daryo.uz

loading...