DIQQAT! O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLAR SONI YaNA OShDI!!!

0

 

2020 yil 29 may soat 23: 00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3488 (+20) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 25 mayida Rossiya, 26 mayda esa Qozog'istondan Qo'ng'irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi bilan bog'liq bo'lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Yekaterinburg — Toshkent yo'nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi Karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2728 (+34) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog'aydi.

Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasi, 7 nafari Samarqand viloyati hamda 22 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 746 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...