MAShHUR AKTYoR HOShIM ARSLONOV VAFOT ETDI…

0

 

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, dublyaj ustasi, mashhur aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida vafot etdi. Hozircha aktyorning o'limi sabablari oshkor etilmadi.

Hoshim Arslonov 1956 yil 1 avgust kuni Namangan viloyatiga qarashli Chust shahrida tavallud topgan. 1977 yili teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1977-2017 yillar O'zbekiston Davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida «Marg'iyona», «Alpomish», «Xo'ja Nasriddin: O'yin endi boshlanadi», «So'zsiz sevgi», «Dinozavr izi» va yana ko'plab filmlarda suratga tushgan.

Biz ijodiy jamoamiz nomidan marhum aktyorimizning yaqinlariga sabr tilaymiz. Hoshimjon akani Ollohning o'zi rahmatiga olsin!

 

loading...