Respublikamiz bozorlaridagi narx-navo qanday?

0

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni o'rganishda davom etmoqda. 29 may holatiga ko'ra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.

Tibbiy niqob – Andijon va Namangan viloyatida 500 so'mdan, Toshkent shahrida 6 ming so'm.

Antiseptik gel – Andijonda 700 so'm bo'lsa, Toshkent viloyatida 20 ming so'mgacha.

Mahalliy un birinchi navi – Toshkent viloyatida 1700 so'm, Toshkent shahrida 6 ming so'mni tashkil etmoqda.

Qolipli non – Qoraqalpog'iston va Andijon viloyatlarida 1250 so'm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 2 ming so'm.

Makaron – Qoraqalpog'istonda 2500 so'm, Buxoro viloyatida 19 ming so'm.

Shakar – Andijon viloyatida 4 ming so'm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming so'm.

O'simlik yog'i – Namangan viloyatida 8 ming bo'lsa, Buxoroda 14 ming so'm.

Xo'jalik sovuni – Farg'onada 1000 so'm, Buxoroda 500 so'm.

Tuxum – Qoraqalpog'iston va Andijonda 500 so'm, Toshkent shahrida 1200 so'm.

Mol go'shti – Qashqadaryo viloyatida 40 ming so'm bo'lsa, Toshkent shahrida 70 ming so'm.

Qo'y go'shti – o'rtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming so'mgacha.

Tovuq go'shti – Andijon viloyatida 11 ming so'm, Toshkent shahrida 24 ming so'm.

Guruch – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming so'mdan, Toshkent shahrida 16 ming so'mdan.

Kartoshka – Surxondaryo viloyatida ming so'm, Toshkent viloyatida 6500 so'm.

Piyoz – Surxondaryoda 500 so'm, Toshkent viloyatida 4000 ming so'm.

Sabzi – Surxondaryoda 500 so'm, Toshkent shahrida 400 so'mgacha.

Sarimsoq piyoz – Qashqadaryoda 10 ming so'm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan bo'lsa, Samarqand viloyatida 90 ming so'mgacha sotilmoqda.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

axborot xizmati

loading...