«Taksi» filmi yulduzi Marion Kotiyyarda koronavirus aniqlandi

0

Fransiyalik aktyorlar juftligi 47 yoshli Giyom Kane va 44 yoshli Marion Kotiyyar koronavirusni boshdan kechirdi. Bu haqda Giyom Kane «Instagram»dagi sahifasida ma'lum qilgan, deb yozmoqda daryo.uz.

Qayd etilishicha, er-xotinda kasallik yengil kechgan. Hozirda ular o'zlarini yaxshi his etmoqda.

Kane Marion bilan kasallikni yengil tarzda o'tkazgani ularning omadi ekanligini qayd etdi. Ular karantinni Fransiya janubi-g'arbida o'tkazgan.

«Biz kasallikni yana yuqtirishimiz ehtimoli haqida ma'lumotga ega emasmiz, biroq har qanday vaziyatda ham biz kasallikni aynan shunday kechirganimiz uchun o'zimizni omadli deb bilamiz», — deydi Giyom Kane.

Koronavirus juftlikning kasbiy faoliyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Giyom o'zi rejissyorlik qilayotgan Osteriks va Obeliks haqidagi yangi film suratga olish jarayonini kechiktirishga majbur bo'ldi. Marion bosh rollardan birini ijro etayotgan filmning suratga olish jarayonining aksariyat qismi Xitoyda bo'lib o'tishi kerak edi.

«Taksi» filmi yulduzi Marion Kotiyyar hamkasbi Giyom Kane bilan 13 yildan beri birga yashaydi. Ular turmush qurmagan, biroq juftlikning 9 yoshli o'g'li va 3 yoshli qizi bor.

loading...