Buyum bozorlari hali ochilmaydi. Jamoat transportiga ham ruxsat berilmadi

0

📣 Yuqoridagilar bilan bir qatorda BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat'i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi:

🚧 jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash,

😷 uch kishidan ortiq yig'ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

🎓 ta'lim tashkilotlari (bog'cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o'quv kurslari faoliyatini yo'lga qo'ymaslik;

💃🏻 🍽 ko'ngilochar ob'yektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o'yinlari markazlari faoliyatiga yo'l qo'ymaslik;

🎬 🏓 konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o'quv mashg'ulotlari va O'zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o'tkazmaslik;

🚌🚇 jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

🛍 buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;

🌡 dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do'konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o'lchab, 37ºS va undan yuqori bo'lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko'rish;

💼 barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to'shak»lar bilan ta'minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta'minlash;

🛠 qurilish-ta'mirlash ishlarida ob'yektlarning hududi to'liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob'yektlarda sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiena qoidalariga to'liq rioya qilish, o'z faoliyatini faqatgina tegishli ob'yekt hududi doirasida tashkil etish.

📌 «Qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o'rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo'ladi.

@koronavirusinfouz

loading...