HINDISTONDA MAYMUNLAR LABORATORIYaDAN KORONAVIRUS YuQTIRGAN BEMORLAR QONINI O'MARIB QOChDI…

0

 

Bu g'alatomuz voqea Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi tibbiyot universitetida sodir bo'ldi. Bir gala maymunlar universitet ichkarisiga bostirib kirdi. Shu mahal laborant koronavirus yuqtirgan bemorlarga tegishli qonlar joylangan probirkalarni olib ketayotgandi. Maymunlar unga hamla qildi va probirkalarning barchasini o'g'irlab qochdi. Odamlarning aytishicha, o'sha kuniyoq maymunlar daraxtlarga chiqib joylashib olgancha o'sha probirkalardagi qonni ichmoqda ekan. Shuning uchun mahalliy aholi vakillari tez orada koronavirus yanada keng tarqalib ketishidan cho'chishmoqda.

 

loading...