Tadbirkor foydasiga 2 mlrddan ortiq qarzdorlik undirib berildi

0

Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 19.11.2019 yildagi 4-1001-1903/7904-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “TMZ KAPITAL QURILISH INVEST” MChJdan undiruvchi “YANGI AVLOD QURILISH INVEST” MChJ foydasiga jami 2 mlrd. 315 mln. 183 ming so'm qarz undirish ijro ishi MIB Yashnobod tuman bo'limida mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati bo'limga 10.12.2019 yilda kelib tushgan bo'lib, davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan. Qarzdor jamiyatga bo'lim tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o'tdi. Lekin qonun talablari asosida qarzdorlik undiruvchiga muddatida to'lanmadi.

Davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishildi. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyat nomiga rasmiylashtirilgan 7 turdagi yengil va yuk avtotransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda band solinib xatlandi.

Qarzdor jamiyatning ham qo'li, ham oyog'iga aylangan qarzdorlikni qoplash uchun xatlangan 7 turdagi trasnport vositalari onlayn auksion savdolariga chiqarilguniga qadar 2 mlrd. 315 mln. 183 ming so'm qarzdorlikni joriy yilning 29 may kuni bartaraf etdi.

Natijada ijro yurituvi tamomlanib, qarzdorga nisbatan solingan barcha cheklovlar bekor qilindi.

loading...