TOJIKISTONDA SO'NGGI 24 SOATDA 123 KIShI KORONAVIRUS YuQTIRDI…

0

 

Shu haqda Tojikiston sog'liqni saqlash vazirligi rasman ma'lumot tarqatdi. Oxirgi 24 soat ichida mamlakat bo'yicha jami 123 kishi koronavirus yuqtirgani aniqlangan. Shu muddat oralig'ida 98 kishi tuzalib kasalxonadan chiqqan. Sog'ayganlarning umumiy soni esa 1 ming 769 nafarga yetdi. Koronavirus tufayli o'lganlar soni o'zgarishsiz qolmoqda. Ular 47 kishidan iborat. Koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 3686 kishini tashkil etmoqda. Hozir 2 ming 228 kishi vrachlarning qat'iy nazorati ostiga olingan.

 

loading...