XOH IShONING, XOH IShONMANG…

0

 

 

MAYMUN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Maymun ham ko'zguda o'z aksini taniydi.

2. Maymunlar hech qachon shamollamaydi.

3. Maymunning qanday kayfiyatda ekanini yuqori labidan bilsa bo'ladi. Agar yuqori labi tarang tortilgan bo'lsa, demak, u agressiv kayfiyatda.

4. Maymunning erkagi ham xuddi odamlar kabi yoshi ulg'aygach, kal bo'ladi.

5. Maymun o'rtacha 10 yildan 60 yilgacha umr ko'radi.

6. Maymunning urg'ochisi asosiy vaqtini o'ziga oro berish bilan o'tkazadi.

7. Agar xavf tug'ilsa, maymunlar bir-birini kekirish orqali xavfdan ogoh etadi.

8. Ko'pchilik maymun banan yeb tirikchilik qiladi deb o'ylaydi. Unday emas. Maymun gohi-gohida bir-ikkita banan yeyishi mumkin. Yoki umuman yemaydi.

9. Ayrim davlatlarda maymun go'shtidan taom tayyorlashadi.

10. Yangi tug'ilgan maymunvachchalarni aksar holatlarda otasi voyaga yetkazadi.

11. Tabiatda maymunning 400 ga yaqin turi bor.

12. Maymunlar orasida makakini qo'lga o'rgatish osonroq.

13. Agar maymun esnay boshlasa, bu uyqusi keldi degani emas. Atrofidagilarning qaysidir biriga nafrati orta boshlasa, cho'zib-cho'zib esnaydi.

14. Maymunlar sovuq havoni jinidan yomon ko'radi. Shuning uchun bo'lsa kerak ular asosan iqlimi issiq o'lkalarda yashaydi.

15. Maymunning miyasida gapirish uchun javobgar to'qimalar yo'q. Shu sababli ularni gapirishga o'rgatib bo'lmaydi.

16. Maymunlar orasida eng mehribon va hamma havas qilsa arziydigan onalikni gorillaning urg'ochisi qoyillatadi.

17. Agar yangi tug'ilgan maymunvachchaning ota-onasi o'lim topsa, uni onasining opa-singillari, ya'ni, xolalari voyaga yetkazadi.

18. Shimpanze bir kunda ikki martagina ovqatlanadi.

19. Gorilla o'zi yashab turgan manzilga begonalar ko'z olaytira boshlasa, ulardan albatta o'ch olmay qo'ymaydi.

20. Urg'ochi maymunlarning homiladorlik davri 8-9 oy atrofida kechadi.

21. Yangi tug'ilgan maymunchalar 6 oylikdan mustaqil yura boshlaydi.

22. Orangutangning yangi tug'ilgan bolasi uch yoshgacha ona suti bilan oziqlanadi.

23. Maymunlar sil, gerpes va gepatit viruslarini tashuvchi sifatida mashhur.

24. Maymunlar orasida ham SPID yuqtirganlari keragicha topiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...