VAShINGTON POLISIYaChILARI NAMOYIShChILARGA QARShI KO'ZDAN YoSh OQIZUVChI GAZ QO'LLAMOQDA…

0

 

Amerikaning Vashington shahrida ham qora tanli afroamerikalik Floyd Jorjning politsiyachilar tarafidan o'ldirilishi tufayli norozilik aksiyalari, tartibsizliklar davom etmoqda. Aksiya ishtirokchilari oldiniga politsiyachilarga qarata suv to'ldirilgan butilkalarni irg'itgan. Keyin Oq uy yoniga yaqinlashgan. Politsiyachilar ularga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gazlarni qo'llashga majbur bo'lgan. Shundan keyingina namoyishchilar tarqalgan.

Hozir Amerikadagi o'nlab katta shaharlarda tartibsizliklar avj pallaga kirdi. Los-Anjeles, San-Fransisko, Denver, Nyu-York, Indianapolis, Boston, Detroyt va yana ko'plab shaharlarda fuqarolar va politsiya o'rtasida jiddiy to'qnashuvlar davom etmoqda. Amerika hukumat rahbarlari ta'kidlashicha, politsiyachilar hayotiga xavf solish, ularga qarshi harakatlar sodir etish ichki terror bilan tenglanadi va shafqatsiz jazolanadi. Hozircha ikki politsiyachi og'ir yarador bo'lgan. Ulardan biri vafot etgan. Ikkinchisining ahvoli ham o'ta og'ir deya baholanmoqda.

 

loading...