DIQQAT! O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLAR SONI YaNA OShDI!!!

0

 

2020 yil 1 iyun soat 23:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 (+29) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo'lgan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog'aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...