KORONAVIRUS O'ZGA SAYYoRALIKLAR TOMONIDAN YaRATILGAN EKAN… (VIDEO)

0

 

Shu yil 28 may kuni Angliyaning Uiltshir grafligidagi keng yaylovda xuddi koronavirusga o'xshagan surat paydo bo'ldi. Surat professional tarzda chizilgan. Maysalar o'rilishi orqali ajoyib manzara zohir bo'lgan. Lekin bu ishni odamlar qila olmasligi tayin. Butun boshli yaylovdagi maysani o'rib shunday suratni chizish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Suratni nafaqat ufologlar, balki internetdan foydalanuvchilar ham darrov tanishdi. U hozirgi kunda dunyo ahlini og'ir ahvolga solib qo'ya olgan koronavirus surati. Ufologlarning ishonch bilan aytishicha, koronavirus o'zga sayyoraliklar tarafidan Yerga yuborilgan balo bo'lishi mumkin ekan. Har qanaqasiga mulohaza qilmang, bosh qotirmang, suratning o'zi bor haqiqatni aytib turibdi. Ammo ushbu koronavirus shaklidagi surat bilan o'zga sayyoraliklar biz yerliklarni yana nimadan ogoh etmoqchi bo'lishgani sirligicha qolmoqda.

Tag'in xudo biladi.

 

loading...