Yakkabog' tumanida «Moskvich» 13 yoshli bolani urib yuborib, kanalga ag'darildi

0

Joriy yilning 30 may kuni soat 19:50 larda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, Nurafshon MFY hududidan o'tuvchi 4K-319 “Tanxoz-Yakkabog'-Esat-Qozok” avtomobil yo'lining 6 kilometrida haydovchi, 2001 yilda tug'ilgan B.R. ismli erkak “Kombi-Moskvich-IJ” rusumli transport vositasida Yakkabog' shahri yo'nalishi tomon borayotib, yo'lning chap tomonidan o'ng tomoniga yugurib o'tayotgan piyoda, 2007 yilda tug'ilgan G'.T.ni urib yuborgan, shundan so'ng mashina yo'lning chap tomonidagi kanalga ag'darilib ketgan.

Natijada 13 yoshli G'.T. ismli o'g'il bola og'ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog' tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.

O'zbekiston Respublikasi IIV

YHXBB Axborot xizmati

loading...