AFROAMERIKALIK FLOYD JORJNING O'LIMI SABABLARI ANIQLANDI…

0

 

Kuni kecha Amerikadagi nodavlat va rasmiy ekspertiza yordamida afroamerikalik Floyd Jorjning o'limi sabablari aniqlandi. Bunga ko'ra, Jorjni qo'lga olish paytida politsiyachi Derek Shovin tomog'iga tizzalab olgan holda to afroamerikalik bo'g'ilib o'lmaguncha qo'yib yubormagan. Jorj o'sha yerning o'zida jon bergan. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xulosasida esa ushbu holat qotillik statusiga tenglashtiriladi. Demak, politsiya xodimi Derek Shovin sud oldida qilmishi uchun javob berishi lozim.

Jorjning o'limi bilan bog'liq norozilik aksiyalari esa allaqachon qolipdan chiqib bo'lgan. Hozir tartibsizliklar ishtirokchilari Nyu-York, Vashington, Minnesota va shu kabi bir qator shtatlarda poezdlardan tortib yo'l chetida turgan mashinalargacha o't qo'ymoqda. Do'konlar, supermarketlardagi mahsulotlarni tashib ketmoqda. Shu munosabat bilan Amerikaning bir qator shaharlarida komendantlik soati joriy etilgan.

Hozirga qadar qo'lga olingan tartibbuzarlar soni besh yuz nafardan oshib ketdi.

 

loading...