AMERIKA BALOLAR ISKANJASIDA. QAERGA BERKINSA BO'LADI?..

0

 

Shu kunlarda Amerika Qo'shma Shtatlarining deyarli barcha shtatlarida afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachilar tomonidan qiynab o'ldirilishi bilan bog'liq tartibsizliklar kuchaydi. Tartibsizliklar ishtirokchilari do'konlardan tortib poezdlargacha o'marib, qo'liga ilingan narsani tashib ketmoqda. Ikkinchi tomondan koronavirus balosi avj pallada. Davlatga tegishli barcha kuchlar mana shu ikki baloni bartaraf etish uchun yo'naltirilgandi. Qarangki, balo kelsa botmonlab kelarkan-da. Bugundan Amerika bo'ylab o'ta kuchli to'fon kirib keldi. Floridadan Missuri shtatigacha bo'ron ta'qibida qolib ketdi. Badavlat kimsalar qaerga qochishni bilmay hayron. Otellarga joylashishga qo'rqishadiki, u yerda koronavirus yuqtirish hech gap emas. Shaharda qolib ketish bir tomondan tartibsizliklar domida qoldirsa, ikkinchi tomondan to'fonga yem qiladi. To'fonni bartaraf etish uchun kuchlar deyarli qolmagan. Hatto, milliy gvardiya afroamerikaliklarning norozilik namoyishlarini bostirishga yo'naltirilgan.

— Bu dahshat, — demoqda Texasdagi shifoxonalar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Kerri Kroll. — Biz amerikaliklar to'fon, boshboshdoqliklar, xunrezliklar, virus ta'qibida qolib ketdik. Agar bo'ronlarni bartaraf etishga kirishsak, koronavirus quturgandan quturadi. Koronavirusni bartaraf qilishda davom etsak, to'fon qurboniga aylanishimiz hech gap emas. Qaerga boraylik? Kimdan madad so'raylik?

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...