AMERIKADAGI TARTIBSIZLIKLARDA ROSSIYaNI AYBLAShDI…

0

 

Amerika sobiq prezidenti Barak Obama davrida prezidentning xavfsizlik bo'yicha sobiq maslahatchisi lavozimida ishlagan Syuzan Rays afroamerikalik Floyd Jorjning politsiyachilar qo'lida o'lim topishi bilan bog'liq masalaga to'xtalar ekan, ushbu tartibsizliklar ortida Rossiya turganini aytib o'tdi. Rays xonim aytgan so'zlariga aniq dalil keltirmadi. U tajribasidan kelib chiqib shunday hisoblashini aytdi.

— Shunday namoyishlar bo'ladiki, — dedi u. — Odamlar tinchlik yo'li bilan o'z muammolaridan hukumat rahbarlarini ogoh etadi. Ularni ko'rib turib yig'laging keladi va albatta yordam berishni istay boshlaysan. Hozirgi tartibsizliklarda esa asosan ekstremistlar ishtirok etmoqda. Ularni Rossiya moliyalashtirgan. Buni men o'z ish tajribamdan kelib chiqib aytdim. Rossiya internetdagi ijtimoiy tizim yordamida hozirgi tartibsizliklarni tashkil etganiga sira shubham yo'q…

Siyosatchining bu gaplariga rossiyalik ekspert Mixail Ulyanov fikr bildirib o'tdi. U aytdiki, Rays xonimning ilgari surgan fikrlari demonizatsiyadan, boshqacharoq aytganda, bo'htondan bo'lak narsa emas.

loading...