AQShda «uchib kelgan» toshbaqa avtomobilning old oynasiga urilib, unga tiqilib qoldi

0

AQShning Jorjiya shtatida noodatiy avariya sodir bo'ldi. Latoniya Lark ismli fuqaro ukasi Kevin bilan o'zining Hyundai mashinasini haydab ketayotganida avtomobilning old oynasiga kutilmaganda tirik toshbaqa «uchib kelgan», deb xabar beradi Daryo.uz «Motor»ga asoslanib.

Avvaliga ayol Hyundai oynasiga g'isht kelib urildi deb o'ylagan. Mashinani to'xtatgach, bu dengiz toshbaqasi ekanligi ma'lum bo'lgan va u oynaning yo'lovchi o'rindig'i qarshisiga tiqilib qolgan.

Avariya oqibatida Kevin shifoxonaga yetkazilgan, shifokorlar unga sanchilib qolgan oyna siniqlarini olib tashlab, kesilgan joylarni bog'lab qo'ygan. Latoniyaning o'ziga hech qanday jarohat yetmagan, u biroz qo'rqqan xolos. Ammo ayol vaqtida vaziyatni anglab, tezlikni kamaytirmaganida, toshbaqa salon ichiga «uchib kirib», katta talafot yetkazishi mumkin edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, toshbaqa boshqa bir avtomobil g'ildirag'ining ostiga tushib qolgan va «uchib kelib» Hyundai oynasiga urilgan. Ko'ngilsiz hodisa jabrlanuvchisi bo'lgan toshbaqa veterinariya klinikasiga yuborilgan, biroq u olingan jarohatlar oqibatida halok bo'lgan.

loading...