FRANSIYaLIK FERMER O'ZGA SAYYoRALIKLAR BILAN UChRAShDI…

1

 

Fransiyada yashovchi fermer Moris Mass kunlarning birida erta tongda sigaret tutatgancha o'zi yashaydigan Valansol qishlog'idagi bepoyon dala boshida turardi. O'shanda soat ertalabki 05:45 edi. Kun esa… Aniq eslaydi. 1965 yil 1 iyul edi. Mana-mana sigaretini chekib bo'lsa, astoydil ish boshlashi lozim edi. Bir mahal qandaydir tovoqsimon, yoki disksimon bir ob'yekt osmon-u falakdan tushib keldi-da, fermerdan taxminan 60-70 metrlar nariga qo'ndi. Azbaroyi jahl otiga mingan fermer dalasiga qo'ngani uchun vertolyot uchuvchisini g'ajib tashlashga tayyor edi. Ha, oldiniga fermer bu ob'yektni vertolyot deb o'ylagandi. Yaqinroq borsa, vertolyot emas. Aylana atrofidan nur taratayotgan disksimon yoki tovoqsimon fazo kemasi ekan. O'shanda fermer bu kema o'zga sayyoraliklarga tegishli ekanini darrov fahmladi.

Oradan ko'p o'tmay, bo'yi chamasi 1 metrdan keladigan ikki odamsimon shakl egalari pastga tushdi. Ular egniga juda ham tor kulrang-yashil tusli kiyim ham kiyib olishibdi. Boshi esa katta. Iyaklari qirralimi-ey. Ko'zlari g'ilay. Ular o'zidan xuddi sherning irillashiga o'xshash  tovush chiqarardi.

Shu tobda o'zga sayyoraliklardan biri fermer tarafga qalamsifat bir narsani to'g'riladi. Shu zahoti fermer go'yo sholga aylandi. Na jussasi, na tili qimirladi. Xuddi tirik zombiga aylandi qoldi. O'zga sayyoraliklar esa qaytadan o'zlarining fazo kemasiga o'tirishdi-yu, uchib ketishdi.

Oradan 20 daqiqacha vaqt o'tib fermer nihoyat o'ziga keldi. Gavdasi ham odatdagidek qimirlay boshladi. U yugurgancha kema kelib qo'ngan joyga bordi. Ob'yekt o'zidan keyin chuqurlik va namlangan tuproqni qoldiribdi. Bu tuproq saldan keyin beton kabi qattiq toshga aylandi. O'sha atrofdagi o'simliklar, daraxtlar tez kunda chirib bitdi. Mutaxassislar o'sha ob'yekt qo'ngan joydan tuproq olib tahlil qilishganda, o'zga sayyoraliklar kemasi o'zidan so'ng juda yuqori darajada kalsiy qoldirib ketgani ma'lum bo'ldi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...

1 TA FIKR

  1. Bu agar xakikatan xai 1965 yilda bulgan vokea bulsa yana 45 yildan keyin yozsangizlar anik yangi svedыy yangilik bulardi. Fransiyalik Jumanazar aka.

Comments are closed.