Muhim savollarga javoblar: O'zbekistonda nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko'payyapti?

0

AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o'tkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko'paymoqda?

❗️Karantin choralari yumshatilganidan so'ng ko'pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo'ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo'yishdi.

🦠Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.

❓Yana karantin joriy qilinadimi?

☝️Aslida karantin tadbirlari bekor qilingani YO'Q!

✅ Aholi orasida kasallanish sur'ati shu tarzda oshib borsa, karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkin.

❓Nega bizning respublikamizda kasallik yengil o'tayapti? Qariyb 80% bemor kasallikdan tuzalayotganining sababi nimada?

🦠 Koronavirus infeksiyasi asosan 80% holatda yengil kechadi, 15% holatda o'rta og'irlikda va faqat 3-5% holatda og'ir, ya'ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.

👨🏻‍⚕️Kasallikga chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo'lga qo'yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.

🔬Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko'plab o'rganiladi. Shuning uchun aniq biror to'xtamga kelishga hali erta.

❓Odamzod vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirus kasalligi bilan kurashib yashayveradimi?

💉 Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shug'ullanmoqda. Viruslar esa mutatsiyaga moyil bo'lishadi. Balkim, koronavirusning hamma tipiga ta'sir qiladigan universal vaksina ishlab chiqish kerak bo'lar.

🧪 Vaksinani ishlab chiqish, klinik sinovdan o'tkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qo'llashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.

☝️Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qo'lni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak.

❓Ko'p olimlar kasallik bo'yicha izlanish olib boryapti. Olimlar virus qachongacha davom etishini bashorat qilishdimi?

⚡️Hech kim 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarini qulashini, na fond bozorlaridagi sho'ng'ishni bashorat qila olmagan, shu jumladan, kasallik borasida ham keyingi vaziyat to'g'risida hech nima aniq emas.

@aoka_uz

loading...