BUGUNNING XUShXABARI!!!

0

 

Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog'aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Jumladan, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo'lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 da, kichigi 2019 yil tug'ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog'ayganlar 54 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo'lib, yoshi kattasi 54 da, kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtimizdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog'iston Respublikasidan.

Shunday qilib, Toshkent shahrida sog'ayganlar 1127 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo'yicha koronavirus infeksiyasidan sog'ayganlar soni 2908 nafarga yetdi.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...