DIQQAT! YeRGA O'TA XAVFLI ASTEROID YaQINLAShIB KELMOQDA!!!

0

 

NASA mutaxassislarining xabariga ko'ra, yaqin kunlarda yerga «163348» (2002 NN4) deb nomlangan asteroid yaqinlashib keladi. Asteroidning hajmi 250 dan 570 metrgachani tashkil etgan. Agar masalaga yanada aniqlik kiritiladigan bo'lsa, shu yil 6 iyun kuni u Yerga rekord darajada yaqin masofadan uchib o'tadi. Bu voqea Toshkent vaqti bilan soat 08: 20 da kuzatiladi.

Biroq shu narsa taxmin qilinmoqdaki, asteroid va yer orasi oy bilan yer o'rtasidagi masofadan 13 karra uzoqroq bo'ladi. Ammo asteroidning traektoriyasi Yer orbitasiga tegib o'tishi mumkin. Ana shuning uchun asteroid yer uchun o'ta xavfli sanalmoqda.

Eslatib o'tamiz, bu asteroid olimlar tarafidan 2002 yili aniqlangan. U Quyosh atrofini yerdagi 300 kecha-kunduzda bir marta to'liq aylanib o'tadi.

 

loading...