GITLER TUG'ILIB O'SGAN UYNI POLISIYa MAHKAMASIGA AYLANTIRIShMOQChI…

0

 

Avstriyadagi Adolf Gitler tug'ilib o'sgan uyni politsiya mahkamasiga aylantirishni rejalashtirishgan. Bunga qadar, «Marte. Marte» me'morlik byurosi mutaxassislari uyni yaxshilab rekonstruksiya qilishadi. Bu ish 2022 yil oxiriga borib yakunlanadi. Rekonstrukisya uchun 5 million yevro mablag' ajratilgan.

XVII asrdan to 1965 yilgacha Gitlerning uyi kutubxona vazifasini o'tagan. 1977-2011 yillar oralig'ida uyda turli ustaxonalar tashkil etilgan. Keyinroq jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar uchun yotoqxona sifatida foydalanishgan. 2016 yili Avstriya hukumati Gitlerning uyini davlat tasarrufiga olishni reja qilgandi. Lekin uyning egasi taklifga rozilik bermadi. Shundan so'ng ish sudga oshirildi. Sud qaroriga ko'ra, uyga egalik qilib turgan shaxs uy uchun 812 ming yevro pul oldi. Shunday qilib Gitlerning uyi davlat tasarrufiga o'tkazildi.

 

loading...