HOZIRGA QADAR DUNYoDA 127 NAFAR JURNALIST KORONAVIRUS QURBONIGA AYLANDI…

0

 

“Press Emblem Campaign” jurnalistlar xalqaro assotsiatsiyasi xabariga ko'ra, koronavirus pandemiyasi yuzaga kelgandan beri, ya'ni, uch oy ichida dunyo bo'yicha jami 127 nafar jurnalist ushbu balo qurboniga aylandi. Ularning aksariyati o'z xizmat vazifasini ado etish asnosida o'lim topgan. Masalan, may oyining o'zida koronavirusdan vafot etgan jurnalistlar soni 72 nafarni tashkil etdi.

“RES” bosh kotibi Bleyz Lempen ta'kidlab o'tdiki, jurnalistlar koronavirusga qarshi kurashda alohida o'rin tutadi. Ular virus tarqalishi, unga qarshi kurash, koronavirusga qarshi kurashda erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida xalqaro nashrlarda muntazam materiallar tayyorlab borishmoqda. Afsuski, ko'plab jurnalistlar joylarda himoya vositasi tanqisligi tufayli koronavirus yuqtirgan va buning oqibatida dunyodan ko'z yumgan.

 

loading...