Ichki ishlar vazirligining «Sardoba» toshqini talofatlarini bartaraf etish ishlari yuzasidan brifing tafsilotlari…

0

 

Aholi evakuatsiya qilinishi natijasida bo'sh qolgan hududlarni to'liq muhofaza qilish maqsadida 117 ta yo'nalishda — 52 ta piyoda va 33 ta avtopatrul, 32 ta nazorat o'tkazish punktlari faoliyat yuritmoqda.

Xatlov tadbiri davomida 3663 nafar fuqaroning pasporti yo'qligi aniqlangan va shundan

1746 nafar fuqaroning pasporti topilib, o'z egalariga qaytarildi. 1917 nafar fuqaroga yangi biometrik pasport rasmiylashtirib berildi.

Qidiruv ishlari natijasida 11 ming 272 bosh uy hayvoni aniqlanib, ularning hammasi o'z egalariga qaytarildi. 6 ming 112 bosh nobud bo'lgan uy hayvoni dezinfeksiya qilingan holda, maxsus ajratilgan 5 ta hududga ko'mildi.

Zarar yetgan hududlarni obodonlashtirish, xavfsiz hududga aylantirish va fuqarolarni doimiy yashash joylariga ko'chirish ishlariga ichki ishlar organlarining 495 nafar xodimi safarbar qilingan.

Talofat natijasida jabrlangan oilalarga Prezidentimiz tomonidan moddiy yordam sifatida berilgan 40 mln. so'mdan pul mablag'larini qabul qilib olgan 4025 nafar fuqaroning ro'yxati (1 iyun holatiga ko'ra) to'liq shakllantirilgan. Kelgusida ushbu moddiy yordam mablag'larini olishi kutilayotgan 1 818 ta fuqaroning ro'yxati ham tuzildi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan evakuatsiya  qilingan jami 89 ming 450 nafar aholini 67 ming 901 nafari yashash manziliga qaytarildi. 21 ming 549 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan hududlarda qolmoqda.

loading...