PREZIDENT: “Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta'sir qilishi mumkin…” (davomi)

0

 

Bugun o'tkazilgan  yig'ilishda pandemiya sharoitida mamlakatimizda ishsizlar soni ko'paygani aytildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta'sir qilishi mumkin.

Davlatimiz rahbari asosiy maqsad kambag'al oilaning hech bo'lmaganda bitta a'zosini ish bilan ta'minlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shug'ullanish zarurligini ta'kidladi.

Bundan tashqari, prezidentimiz pandemiya davrida aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo'shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishini alohida ta'kidlab o'tdi.

loading...