Qo'lbola usulda tayyorlangan biofaol qo'shimchalar sotayotganlar fosh bo'ldi

1

Yurtimizda aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Biroq shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan sifati kafolatlanmagan, tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagan holda inson hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin bo'lgan dori vositalarining savdosi bilan shug'ullanish holatlari hamon uchrab turibdi. Bojxonachilar tomonidan ana shunday holatlarning oldi olindi.

Jizzax viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo'limi xodimlari Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o'tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro G'.S. qo'lbola usulda tayyorlangan 10 quti biofaol qo'shimchalarni sotayotganligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat Bojxona qo'mitasi.

Shundan so'ng fuqaro G'.S.ning ko'rsatmasiga asosan Navoiy viloyati hududida tezkor tadbir davom ettirilib, boshqa bir fuqaro D.I ham 15 dona qalbaki biofaol qo'shimchalarni sotayotganda qo'lga olindi.

Shuningdek, D.I o'zi ixtiyoriy ravishda yashash xonadonida saqlayotgan dastlabki qiymati 18 020 000 so'mlik, jami 53 quti sifati kafolatlanmagan biofaol qo'shimchalarni tezkor guruh ishtirokchilariga taqdim etdi.

Mazkur o'tkazilgan tadbirlar davomida huquqbuzarlardan dastlabki qiymati 26 520 000 so'mlik, jami 78 quti  biofaol qo'shimchalar ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

loading...

1 TA FIKR

  1. Tadbirning natijasi yaxshi yakunlanibdi. Bu yaxshi kursatgich, lekin nega endi bojxonachilar? Ularning asosiy vazifasi- mamlakat chegarasida tovar- moddiy boyliklarning aylanishini nazorat kilish emasmi?…

Comments are closed.